Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada Bayraktar Kizilelma dronlarini ishlab chiqarish 2023-yil oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda Kizilelma qiruvchi dronlarining seriyali ishlab chiqarilishi 2023-yil oxiriga qadar yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi Erdo‘g‘on Adolat va taraqqiyot partiyasi yig‘ilishida.

Baykar Technologies YouTube kanaliga Kizilelma dronining sinovi aks etgan video joylangan.

Turkiyada reaktiv dvigatelli Bayraktar Kizilelma droni 2022-yilning avgust oyida taqdim etilgandi. Uning yaratuvchilari dron uchish-qo‘nish yo‘lagi qisqa bo‘lgan kemalardan ucha olishi, shuningdek, tovushdan tez harakatlanishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Avgust oyida Baykar Ukrainada o‘z bo‘limini yaratdi va mamlakatda zavod qurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi. U yerda Bayraktar Aknc baland va uzoq masofaga uchuvchi dronlar yig‘ilishi kutilmoqda. Kompaniya rahbari Haluk Bayraktar zavod qurilishi 2024-yilgacha yakunlanishi kerakligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi