Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londondagi “Tottenhem Hotspur” stadionida O‘zbekiston vaqti bilan 3-dekabrdan 4-dekabrga o‘tar kechasi professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Boks kechasining markaziy jangi super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (33-0-1, 24 KO) va Derek Chisora (33-13, 23 KO) o‘rtasida kechdi.

Jangning dastlabki raundi teng kurash ostida kechdi. Keyingi raundlarda Fyuri raqibidan sezilarli darajada ustunlik qildi. Jangning 10-raundida Derekning passiv harakatlaridan keyin hakam jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Fyuri faoliyatidagi 33-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Fyuri va Chisora bunga qadar 2 marta to‘qnash kelgan. 2011-yilda ochkolar evaziga Tayson g‘olib bo‘lgan, 2014-yildagi jangda esa Chisora 10-raunddan keyin jangni davom ettirishdan bosh tortgan va Tayson g‘alabaga erishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)