Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni. Dunyoda imkoniyati cheklangan shaxslarga jamiyatda teng sharoit, qulay yashash imkoniyatini yaratib berish uchun faol kurashiladi.

O‘zbekiston aholisi nogironlar uchun qanchalik qayg‘uradi? Mamlakatda imkoniyati cheklangan shaxslarga teng sharoit yaratib berilganmi? Bu bo‘yicha “Daryo” poytaxtliklar o‘rtasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomada qatnashganlarning deyarli ko‘pchiligi 3-dekabr qanday kun ekanidan bexabar, ammo O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilganini aytib o‘tdi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ushbu imkoniyatlarni kengaytirish lozim.

Yo‘lovchi ayolning aytishicha, nafaqa puli, aravachalar ham beriladi va mahalla tomonidan xabar olib turiladi.

“Imkoniyati cheklangan insonlar uchun sharoit bor. Menimcha, ularni yanada mukammallashtirish kerak. Jamoat joylarida, avtobuslarga chiqishda maxsus zinalar qilish kerak”, — deya qayd etdi talaba yigit.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?