Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hisobotiga ko‘ra, 2022-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab o‘rtacha real oylik ish haqi so‘nggi 20 yilda birinchi marta o‘smagan, balki 0,9 foizga kamaygan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Real ish haqi dinamikasining o‘zgarishi sabablari sifatida qisman Ukrainadagi urush va jahon energetika narxining ko‘tarilishi, global iqtisodiy o‘sishning sekinlashuviga “jiddiy inflyatsiya inqirozi”ning qo‘shilishi keltirildi.

2022-yilning birinchi yarmida global ish haqining o‘sish sur’ati so‘nggi 20 yil ichida birinchi marta tezlashgan inflyatsiyani ortda qoldira olmadi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.

Umuman olganda, global mehnat bozorida bandlik ko‘rsatkichlari pandemiya tufayli ishsizlik darajasi oshganidan keyin joriy yil boshiga qadar qisman tiklandi.

Biroq yuqori daromadli mamlakatlar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2019-yilning to‘rtinchi choragi darajasiga qaytgan bo‘lsa-da, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda bu pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlardan hamon 2 foizga past.

Tiklanish intensivligi ishchilar guruhi uchun ham har xil — 2021-yilda dunyoda yoshlar o‘rtasidagi ishsizlar soni pandemiyadan oldingi darajadan 6 million kishiga yuqori bo‘ldi.

XMT tahlilchilarining prognoz qilishicha, global ishsizlikning yanada qisqarishi Ukrainadagi urush tufayli sekinlashadi. Ma’lumki, bu allaqachon jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishi bo‘yicha prognozlarning qisqarishiga olib keldi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining so‘nggi taxminlariga ko‘ra, joriy yilda jahon iqtisodiyoti atigi 3,2 foizga o‘sadi, yil oxirigacha global inflyatsiya esa 8,8 foizni tashkil etadi.

XMT tahlilchilarining ta’kidlashicha, agar Xitoyni (ish haqi o‘sishi odatda jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘ladi) real ish haqining pasayishi global ko‘rsatkichidan chiqarib tashlasak, oylik ish haqining pasayishi allaqachon 1,4 foizni tashkil etgan.

 

Dunyo mintaqalari orasida maksimal pasayish Sharqiy Yevropada (3,3 foiz) bo‘lib, u yerda ko‘rsatkichning pasayishiga Ukraina eng katta hissa qo‘shgan.

2022-yil oxiriga kelib, bu mamlakat mehnat bozori taxminan 15,5 foiz ish o‘rinlarini yo‘qotishi mumkin. Ish haqini qisqartirish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Shimoliy Amerika mamlakatlari (3,2 foiz), uchinchi o‘rinda Janubiy Amerika (1,7 foiz) turibdi.

Maksimal ijobiy dinamika Markaziy Osiyo mamlakatlarida (plyus 2,5 foiz) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (plyus 1,3 foiz) qayd etildi.

Rossiyaning ko‘rsatkichlari dunyo ko‘rsatkichlaridan yomonroq — Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqiz oy davomida mamlakatda ish haqining o‘sishi inflyatsiya darajasidan 1,5 foiz past bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi