Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida yuz bergan fojiali voqealar bilan bog‘liq harakatlarda ayblanayotgan 22 nafar shaxs ustidan Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan sud jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda ittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“Biz O‘zbekiston hukumatiga jarayonni jamoatchilik, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari uchun ochiq va shaffofligini, hamda bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyani ta’minlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz va jarayonning adolatli hamda xolis bo‘lishiga umid bildiramiz.

Biz hukumat fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘zining majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz. 

Shuningdek, biz Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha tergov komissiyasining ishlari natijasini yaqin kunlarda olishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va ushbu natijalar jamoatchilikka e’lon qilinishiga umid qilamiz”, — deyiladi bayonotda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi