Tovuq go‘shti va qovurilgan kartoshkadan tayyorlanadigan mazali salat retsepti
Bu mazali salat kartoshka, dudlangan tovuq go‘shti va qaynatilgan tuxumdan tayyorlanadi. Tuzlangan bodring esa salatga yoqimli ta’m beradi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shsangiz bo‘ladi.
Kerakli masalliqlar:
- kartoshka — 3 dona
- o‘simlik yog‘i — 300 ml
- tuz — ta’bga ko‘ra
- tuxum — 4 dona
- dudlangan tovuq go‘shti — 300 g
- tuzlangan bodring — 2-3 dona
- mayonez — ta’bga ko‘ra
- Kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazing yoki juda mayda qilib uzunasiga to‘g‘rab oling.
- O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Kartoshkani solib bir necha daqiqa qovuring. Keyin qog‘oz sochiqqa qo‘yib, tuz seping va salqin joyga qo‘ying.
- Tuxumni 10 daqiqa davomida qaynatib oling. Tovuq go‘shti va bodringni kichik bo‘laklarga bo‘ling.
- Tovuq go‘shti, tuxum va bodringni maxsus dumaloq shaklidagi idishga joylashtiring. Har bir qatlam orasiga mayonez surting.
- Tayyor bo‘lgan salatning ustiga qovurilgan kartoshkani seping.
Mavzuga doir:
- Yasmiq qo‘shib turkcha qovoqli sho‘rva tayyorlaymiz.
- Tanadagi yog‘larni eritishga yordam beradigan 4 xil mazali sho‘rva retsepti.
- Mol go‘shti va kartoshkadan mazali taom tayyorlaymiz.
- Kolbasa, pishloq va pomidor qo‘shib pechda pishiriladigan mazali lavash retsepti.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar