Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Primorsk o‘lkasida MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyoti halokatga uchradi, deb yozmoqda “TASS” favqulodda xizmatlarga tayanib.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Alekseyevka qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonga (Vladivostokdan 65 kilometr uzoqlikda) qulagan. Ekipaj parashyutdan sakrashga ulgurgan, uchuvchilarning ahvoli hozircha noma’lum. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati qiruvchi samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi. “Samolyotda o‘q-dorilar bo‘lmagan. U kimsasiz joyga qulagan, yerda hech qanday vayronagarchilik yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi tuman xabarida.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri janglarga aloqador bo‘lmagan tarzda Rossiya harbiy aviatsiyasining o‘nta samolyoti halokatga uchradi, deb yozgandi The Bell oktabr oyi o‘rtalarida.

Oktabr oyida Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida Su-34 bombardimonchi samolyoti to‘qqiz qavatli bino yonida qulab, 15 kishi halok bo‘lgandi. Bir necha kundan keyin Su-30SM qiruvchisi Irkutskdagi ikki qavatli uyga qulab tushdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi