Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekistonda omikron shtammining VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, mamlakatda noyabr oyidan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar soni sezilarli darajada ortmoqda. Xususan, 1-dekabr kuni respublika bo‘yicha 159 kishida kasallik ro‘yxatga olindi. O‘sish dinamikasi, avvalo, kunlar sovib, odamlar asosiy vaqtini yopiq bino va inshootlarda o‘tkazayotgani bilan bog‘liq. Qolaversa, COVID-19 ning yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan yangi mutatsiyalari bemorlar soni ko‘payishiga sabab bo‘lyapti.

Xo‘sh, O‘zbekistonda hozirgi kunda omikronning qaysi subvarianti dominant versiyaga aylangan?

Buni aniqlash maqsadida 10—12-noyabr kunlari Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga gospitalizatsiya qilingan 27 nafar bemordan tibbiy namunalar olindi. Shundan so‘ng ushbu tahlillar Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida sekvenlash jarayonidan o‘tkazildi. Natijada 27 nafar bemor omikron shtammining BA.5 subvarianti bilan zararlangani ma’lum bo‘ldi.

BA.5 subvariantining avvalgi mutatsiyalardan farqi nimada?

Mazkur versiyaning yashirin davri boshqa shtammlar singari 5—6 kun emas, 2—3 kunni tashkil etyapti. Uning asosiy belgilari:

  • tomoq og‘rig‘i;
  • tana haroratining gektik (41 darajagacha) ko‘tarilishi;
  • bosh va mushaklarda kuchli og‘riq;
  • holsizlik;
  • uyquchanlik;
  • konyuktivit (10 foiz holatda);
  • rint va tonzilit (40 foiz holatda);
  • otit (10 foiz holatda);
  • diareya (10 foiz holatda) yuzaga kelishi kuzatilmoqda.
Shuningdek:
  • kuchli va xurujli yo‘tal;
  • ba’zi hollarda ko‘krak qafasida og‘riq;
  • nafas qisishi va havo yetishmaslik belgilari yuzaga kelmoqda.
O‘pka to‘qimasining zararlanishi 30—40 foiz holatlarda kuzatilmoqda. Bunday bemorlarning aksariyati uy sharoitida yoki ba’zi xususiy klinikalarda antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dorilarni tomir ichiga maqsadsiz va palapartish qabul qilgan yurtdoshlarimizdir, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi