Amerikalik milliarder Ilon Mask Tesla yuk mashinalarining ikkinchi avlodini namoyish qildi. Avtomobil taqdimoti Tesla Daily YouTube kanalida translyatsiya qilindi.
“Bu mashina kelajakdan kelganga o‘xshaydi, qiziqarli, qoyilmaqom ko‘rinadi, o‘zingizni xuddi Tesla haydayotgandek his qilasiz”, — dedi Mask. Modelga Beast (Mahluq) deb nom berilgan.
Mask yangi mashinani geparddek harakatlanuvchi filga qiyosladi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, mashina tezligini nisbatan tezroq oshiradi va tormoz tizimi ancha yaxshilangan. Yangi modelning narxi hali e’lon qilinmagan.
Maskning ta’kidlashicha, Beast barcha mavjud yuk mashinalaridan uch baravar ko‘p quvvatga ega. Sinov paytida mashina bir zaryad qilinganda 500 mil ya’ni 800 kilometr yo‘lni bosib o‘tgan. Yuk mashinalarining birinchi partiyasi Pepsi kompaniyasiga yetkazib beriladi.
Tesla yuk mashinalarining birinchi avlodi 2017-yilda taqdim etilgan. O‘sha paytda ham Pepsi 100 ta yuk mashinasidan iborat birinchi partiyaga buyurtma bergan. Oldingi model Semi deb nomlangan. 2018-yilda Mask boshqaruvchisiz Semini taqdim etdi.
Izoh (0)