Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev soliq organlari faoliyati yanada ochiq tarzda yoritib borilishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“So‘nggi paytlarda soliq organlari soliq ma’murchiligini raqamlashtirish bo‘yicha katta yo‘lni bosib o‘tdi va bu borada hali ko‘p ishlarni qilishimiz lozim. Shu bilan birga, bugungi kunda soliq organlari jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga olingan ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishga tayyor”, — deb yozgan u o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Qo‘mita raisi shu munosabat bilan soliq organlari faoliyatiga doir ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni muntazam e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar har oyda davriy ravishda e’lon qilib boriladi hamda ular jamoatchilikka soliq ma’murchiligining strukturasi va dinamikasini ko‘rish, ularning ijobiy va salbiy tendensiyalarini kuzatib borish imkonini beradi.

“Shunday ekan, soliq ma’murchiligiga oid ko‘rsatkichlar nafaqat soliq organlari, balki butun jamoatchilik uchun qiziqarli va foydali ma’lumotlar hisoblanadi. Joriy yilning 1-dekabridan e’tiboran har kuni e’lon qilinadigan axborotlarni kuzatib borishingizni va birinchilardan bo‘lib soliq ma’murchiligiga doir yangiliklardan xabardor bo‘lishingizni tavsiya qilamiz”, — degan Sherzod Kudbiyev.

Mavzuga doir: O‘zbekiston soliq islohotida qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgan?

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?
Mahalliy
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizaloq qutqarildi, bir kishining jasadi topildi 
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar