Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusning yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan shtammi — “serber” Qozog‘istonda ham aniqlandi. Bu haqda Koronavirus tarqailishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha idoralararo komissiya majlisida ma’lum qilindi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: EADaily

Foto: EADaily

Tahlillarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus holatlarining 0,5 foizi “omikron” shtammining BQ.1.1 (“serber”) varianti bo‘lib chiqqan. Qolgan 99,5 foizini esa “omikron” shtammining boshqa variantlari tashkil etadi.

Avvalroq rossiyalik mutaxassislar koronavirus omikron shtammining BQ.1 va BQ.1.1 (“serber”) variantlarini boshqalariga nisbatan yuqumliroq deb baholagan edi. Ular Rossiyada birinchi marta 26-oktabr kuni qayd etilgan.

“Ular yuqori darajali transmissivligi bilan farq qiladi, ya’ni odamdan odamga koronavirusning boshqa variantlaridan ham tezroq yuqadi”, — deya ogohlantirdi idora.

Koronavirusning BQ.1.1 “serber” shtammi BA.5 — “omikron”ning mutatsiyaga uchragan varianti. U sentabrda Yevropaning bir qator mamlakatlarida aniqlangan bo‘lib, yanada shiddatliroq tarqalishi bilan ajralib turadi — u “omikron”dan 20—30 foizga tezroq yuqadi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Vladimir Chulanov aytishicha, “serber” yuqumliroq bo‘lgani bilan, nisbatan yengilroq shaklda kechadi.

Yangi shtammning belgilari avvalgilarnikidan ko‘p ham farq qilmaydi va isitma, yo‘tal, nafas yetishmasligi, charchoq, mushaklardagi og‘riq, ta’m va hid sezmaslik, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, tumov, ko‘ngil aynishi, diareyadan iborat.

Shuningdek, uning oqibatlari ham koronavirusning boshqa shtammlarida bo‘lgani kabi uyqu bilan bog‘liq muammolar, soch to‘kilishi, xotira bilan bog‘liq muammolar, ovqat hazm qilish va yurak-qontomir tizimidagi buzilishlar kabilardir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?
Mahalliy
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizaloq qutqarildi, bir kishining jasadi topildi 
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar