Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati Romitan tumanida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, DXX Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, kompyuter va boshqa texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari Romitan tumanining cho‘l hududida joylashgan boshqa bir MCHJ binosini hamda mahalliy fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponini ijaraga olgan. Bu binolarga mayning qurilmalari o‘rnatib, qonunga xilof ravishda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulangan.

Tekshiruv davomida jami 9 turdagi 456 dona mayning qurilmalari va boshqa butlovchi jihozlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida mayning ferma tomonidan davlatga 2 milliard 530 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi