Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madriddagi Torrexon-de-Ardos aviabazasida harbiy obyektning sun’iy yo‘ldosh markaziga yuborilgan bombali posilkani aniqlashdi, deb yozadi “Kommersant”. Aviabaza xavfsizlik xizmati portlovchi qurilmani skaner orqali topib olgan, uning hududida ayni paytda politsiya va maxsus xizmatlar ishlamoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Aviabaza xavfsizlik tizimlari shubhali konvertni tonggi 3 va 4 oralig‘ida qayd etgan. Rentgen tahlilidan keyin uning ichida qandaydir mexanizm bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelingan.

Bu Ispaniyada so‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan uchinchi shunday holatdir. 1-dekabr kuni avvalroq qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi (shu jumladan, Ukraina uchun) Instalaza kompaniyasi pochta orqali portlovchi qurilma solingan paket qabul qilib olgandi.

30-noyabr kuni esa Ukrainaning Madriddagi elchixonasi yaqinida portlash yuz bergan, oqibatda diplomatik missiya xodimi yaralangan edi — u Ispaniyadagi Ukraina elchisi nomiga yuborilgan konvertni ochgan, unda esa bomba bo‘lgan.

Portlashdan so‘ng Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukrainaning barcha elchixonalarida zudlik bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirishga ko‘rsatma berdi. Hozirda politsiya elchixona joylashgan hududni o‘rab olgan. Voqea joyida sapyor va politsiyalar ishlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov