Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliya terma jamoasi JCH—2022 guruh bosqichining 3-turida Daniyani 1:0 hisobida yengib, 1/8 finalga yo‘llanma oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Grem Arnold shogirdlari D guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Kengurular” Fransiya bilan bir xil ochko to‘pladi, biroq to‘plar farqidagi tafovut sabab ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

Shu tariqa Avstraliya 2006-yildan beri ilk bor va o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon Chempionati nimchorak finaliga chiqdi. O‘shanda jamoa 1/8 finalda Italiyaga to‘qnash kelgandi. Bo‘lajak chempion ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Franchesko Tottining penaltidan urgan goli evaziga yutib ketgandi.

Avstraliya mundial 1-turida o‘z darvozasidan to‘rtta gol olib chiqib, yirik hisobda yutqazgan va yakunda pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan tarixdagi uchinchi jamoaga aylandi. Avvalroq Yugoslaviya (1990) va Ukraina (2006) ushbu natijani qayd etgandi. OFK vakili dastlabki turda Fransiyaga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ygandi.

Avstraliyaning pley-offdagi raqibi C guruhida birinchi o‘rinni egallagan Argentina bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj