Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishning yangi mexanizmini taklif qilmoqchi. Bu haqda manbalarga tayanib Bloomberg xabar berdi. Reja 9-noyabr kuni taqdim etilishi kutilmoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mexanizm Ukrainaning 2023-yildagi xarajatlarini moliyalashtirish imkonini beruvchi “barqaror asos”ni belgilaydi. 

Yevropa Ittifoqi rejasi shoshilinch ehtiyojlarni moliyalashtirish, muhim infratuzilmani ta’mirlash va harbiy harakatlar tugaganidan keyin mamlakatni qayta tiklash uchun Kiyevga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish imkonini beradi.

6-noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatda shu hafta Yevropa Ittifoqi 18 milliard yevrolik yangi yordam paketini taklif qilishini aytdi. Bu mablag‘ Ukrainaning 2023-yildagi ehtiyojlari uchun beriladi.

Avvalroq Jahon banki Buyuk Britaniya kafolati ostida Ukrainaga 500 mln dollar ajratgan edi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi