Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Niderlandiya terma jamoasi JCH—2022 3-turida Qatarni yengib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Niderlandiyaliklar mundiallardagi 9 urinishdan 9 marta guruhdan chiqishni uddaladi. Birinchi guruh bosqichini inobatga olganda bu Jahon Chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natija.

“Uchar gollandlar” jami 11 marta mundialda qatnashgan. 1934 va 1938-yillarda guruh bosqichi bo‘lmagan. Keyinchalik guruh bosqichi tashkil etilgan, shuningdek, ikkita guruh bosqichidan iborat musobaqalar bo‘lgan.

Lui van Gal qo‘l ostida jamoa Jahon Chempionatidagi 10-o‘yinini o‘tkazdi. Ularda (penaltilar seriyasini hisobga olmaganda) 7 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etilgan. Mutaxassis mundialda yutqazmagan murabbiylar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.

JCH—2014 da van Gal boshqaruvidagi Niderlandiya uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Yarim finaldan jamoa penaltilar seriyasida Argentinaga imkoniyatni boy bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...