Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turidan o‘rin olgan A guruhining ikki o‘yini 29-noyabr, seshanab kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Niderlandiya musobaqa mezboni Qatar bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni ochdi. 49-daqiqada Frenki de Yong hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Ekvador va Senegal o‘zaro bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Ismaila Sarr penaltini aniq amalga oshirib, Senegalni hisobda oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Moyzes Kaysedo muvozanatni tikladi. Biroq bir necha daqiqa o‘tib, Kalidu Kulibali Senegalning navbatdagi golini urdi.

Shu tariqa Niderlandiya 7 ochko bilan A guruhi yetakchisi sifatida pley-offga yo‘l oldi. Senegal esa 6 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi. Ekvador 4 ochko jamg‘ardi, Qatar esa 0 ochko bilan guruh autsayderiga aylandi.

JCH—2022

2-tur bahsi

29-noyabr, seshanba

Niderlandiya — Qatar 2:0

Gollar: 1:0 – 26 Gakpo, 2:0 – 49 de Yong.

Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Kopmeyners, 83), Klassen (Bergeys, 66), de Yong (Taylor, 86), Depay (Yanssen, 66), Gakpo (Vegorst, 82).

Qatar: Barsham, Muhammad, Xuxi, Ro-Ro, Hassan, Ahmed, Hoder, Hatem, Madibo (Budiaf, 64), Alaa, Al-Haydos (Assadalla, 64), Ali (Muntari, 64), Afif.

Ogohlantirish: Ake (52).

Ekvador — Senegal 1:2

Gollar: 0:1 – 44 Sarr (penalti), 1:1 – 67 Kaysedo, 1:2 – 70 Kulibali.

Ekvador: Galindes, Presiado, Torres, Inkapie, Estupinyan, Poroso, Grueso (Sifuentes, 46), Franko (Sarmiento, 46), Kaysedo, Plata, Valensiya, Estrada (Reasko, 64).

Senegal: Mendi, Sabali, Kulibali, Diallo, Yakobs, Mendi, Guye, Guye, Siss, Ndiay, Deng, Sarr, Dia.

Ogohlantirish: Guye (66).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi