Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasiga o‘tishga yaqin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Marca nashrining xabariga ko‘ra, hujumchi arab jamoasi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi. “An-Nassr”da o‘tkazgan har bir mavsumi uchun Krishtianu 200 million yevro ishlab topadi. Buning ichiga futbolchining maoshi va reklama daromadlari ham kiritilgan.

Ronaldu kuchsizroq ligaga o‘tish uchun o‘zining sport ambitsiyalarini kamaytirishga rozi. Yevropaning hech qaysi jamoasi “An-Nasr” berishga tayyor bo‘lgan shartnomaga teng keladigan taklif kiritmagan. Portugaliyalik futbolchiga MLSdan ham kattaroq taklif kelib tushmagan.

Saudiya Arabistoni Ronalduning “An-Nassr”ga o‘tishi mamlakat va undan tashqarida futbolni ommalashtirishga yordam beradi deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ronalduning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi bekor qilingan edi. Hozirda forvard erkin agent maqomida.

Portugaliya bilan Krishtianu Ronaldu JCH—2022 H guruhida 6 ochko jamg‘arib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov