Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov korrupsionerlarni suvarakka o‘xshatdi.
“Korrupsionerlar suvarakka o‘xshaydi: ular yemish ko‘p bo‘lgan joyda yuradi, kamdan-kam hollarda atrofini tozalaydi...” – deb yozdi u o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Akmal Burhonov shu yilning iyul oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangandi.
Mazkur agentlik prezident farmoni bilan 2020-yil 29-iyunda tashkil etilgan bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Uning asosiy vazifasi mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishdir.