• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)

    Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yanvar voqealari chog‘ida “KamAZ” yuk mashinasi bilan harbiylarni bosib ketgan shaxs sudlandi. U 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi, jazoni esa qat’iy rejimdagi koloniyada o‘taydi, deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.

    5-yanvar kuni sudlanuvchi savdo markazi yonida turgan “KamAZ”ni egallab olib, uni harbiylar ustiga yo‘naltirgan, o‘zi esa kabinadan sakrab tushgan. Oqibatda yuk mashinasi bir harbiyni bosib ketgan, u voqea joyida halok bo‘lgan.

    Prokuror sudlanuvchini 20 yilga hukm qilishni so‘ragan. Jabrlanuvchi tomon esa umrbod qamoq jazosi talab qilgan.

    Oxir-oqibat, u 17 yilga qat’iy rejimli koloniyaga hukm qilingan.

    Qozog‘istondagi yanvar voqealari

    2-yanvar kuni Qozog‘istonda ommaviy noroziliklar boshlandi. Bunga gaz narxining oshishi sabab bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay namoyishchilarning talablari siyosiy tus ola boshladi. Namoyishlardan keyin Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘plab davlat imtiyozlaridan mahrum bo‘ldi, uning qarindoshlari ham rahbarlik lavozimlaridan ketdi.

    Qozog‘istonda yil boshidagi hukumatga qarshi noroziliklar mamlakatning eng yangi tarixidagi eng kuchli zo‘ravonlik va qirg‘inni keltirib chiqardi. Hukumat “tashqaridan bo‘lgan tajovuz” va xorijda tayyorlangan “terrorchilar” “hujumlari” haqida ma’lum qildi, ammo ishonchli dalillarni keltirmadi.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xavfsizlik kuchlariga ogohlantirmasdan tekkizib otish haqida buyruq berganini o‘zi ma’lum qildi. Xavfsizlik kuchlari o‘t ochishi oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 232 kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi qo‘lga olinganidan keyin qiynoqlar qurboniga aylangan.

    Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham, markaziy maydonlar yonidan o‘tib ketayotgan tasodifiy o‘tkinchilar ham, o‘sha kunlari blokpostlarga qo‘yilgan harbiylar ham bo‘lgan. Minglab odamlar qo‘lga olingan, yuzlab kishilar hibs ostida qiynoqlarga solingani va qattiq do‘pposlanganidan shikoyat qilgan.

    Hukumat, huquq himoyachilarining qurbonlar ism-shariflarini e’lon qilib, ular qanday holatlarda o‘lim topgani haqida ma’lumot taqdim etishga oid da’vatlariga qaramay, halok bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qilmadi. Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari Ostonani adolatli va shaffof surishtiruv o‘tkazib, xalqaro ekspertlarni taklif etishga chaqirdi, Ostona bu da’vatlarni rad etdi.

    To‘qayev Qozog‘iston yanvar voqealarini ochiq-oshkora tekshirayotgani, xalqaro ekspertlarni taklif qilishga zarurat yo‘qligini aytdi.

    “Tergov vakolatli organlar tomonidan puxta va batafsil olib borilmoqda. Hozir qo‘limiz ostida mavjud bo‘lgan materiallarning barchasi bosh prokuratura tomonidan e’lon qilib borilmoqda, jamiyatimizga nisbatan yoki jamiyatimiz uchun sir bo‘lgan narsalar yo‘q”, — dedi To‘qayev.

    Prezident bergan ma’lumotga ko‘ra, yanvar voqealari bo‘yicha 5,5 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shularning 500 tasi sudga yuborilgan.

    Mavzuga doir:

    • Qozog‘istonda yanvardagi namoyishlarning 1500 nafar ishtirokchisi amnistiyaga tushadi
    • Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov va uning o‘rinbosarlariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv yakunlandi
    • Qozog‘istonda yanvar voqealari bo‘yicha 92 kishi turli qamoq muddatlariga hukm qilindi

    30.11.2022, 10:32   Izoh (0)   12661
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Ukrainani qayta tiklashga 1 trln dollardan ortiq mablag‘ kerakligini aytdi

    30.11.2022, 10:07

    Makron 3 kunlik rasmiy tashrif bilan AQSHga keldi

    30.11.2022, 09:53

    Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etgani ma’lum bo‘ldi

    30.11.2022, 09:51

    AQSH tarixidagi eng qonxo‘r qotilning aniqlanishi, rasman yakunlangan “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasi va Gretsiyada qatl etilgan 283 nafar nogiron. Kun xronologiya...

    30.11.2022, 09:30

    “Tezroq, tezroq, tezroq”. Ukraina tashqi ishlar vaziri NATO mamlakatlarini qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

    30.11.2022, 09:13

    Yaponiya qordan elektr energiyasi olish texnologiyasini sinovdan o‘tkazadi

    30.11.2022, 08:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.