Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

28-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqda tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Tor Venneslend Isroil–Falastin mojarosi “qaynash nuqtasi”ga yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi.

O‘nlab yillar davom etgan zo‘ravonlik, noqonuniy aholi punktlarining kengayishi, harakatsiz muzokaralar va chuqurlashib borayotgan ishg‘oldan so‘ng, mojaro yana qaynash nuqtasiga yetdi, — dedi u.
29-noyabr kuni Falastin hududi bo‘linib, uning bir qismi yahudiylarga berilganiga 75 yil to‘ldi. 1947-yil 29-noyabr kuni BMT Falastinni bo‘lish rejasini tasdiqlagan, bu rejadan olti oy o‘tgach, Isroil davlati tashkil topgan. Shundan so‘ng yahudiylarning Isroilga ommaviy ko‘chishi va falastinliklar bilan doimiy to‘qnashuvlar boshlangan.

Falastin—Isroil mojarosi vaqti-vaqti bilan o‘z cho‘qqisiga chiqib, qonli to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda. So‘nggi marta bunday to‘qnashuv 2021-yilning may oyida yuz bergandi. 11 kun davomida Falastinning G‘azo sektoridan 4360 ta raketa uchirilgan, Isroil tomonidan 1500 dan ortiq havo, yer va dengiz orqali zarbalar berilgan. 21-may kuni o‘t ochish to‘xtatildi. G‘azo sektorida jami 248 kishi, jumladan, 66 bola va 39 ayol halok bo‘ldi, 1900 dan ortiq odam jarohat oldi, 72 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Shuningdek Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Falastin hududlarida 31 kishi halok bo‘ldi, bu jami falastinlik qurbonlar sonini 279 taga yetkazadi. Isroil tomoni esa 12 kishi urush qurboniga aylanganini ma’lum qilgan.

Ammo shu bilan tomonlar tinchlikka erishgani yo‘q. So‘nggi haftalarda G‘arbiy Sohil bo‘ylab Isroil kuchlari reydlar o‘tkazib, falastinliklarni hibsga olayotgani yoki uylarini buzib tashlayotgani oqibatida keskinlik yana kuchaydi. Bunday bosqinlar falastinliklar bilan to‘qnashuvlarga va bir qancha insonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

29-noyabr kuni Isroil kuchlari 4 nafar falastinlikni o‘ldirdi. Falastinliklar Xevron shahri ko‘chalarida marhumlardan birining tobutini yelkalarida olib yurib, Isroilga qarshi shiorlar aytdi va bu o‘ziga xos mitingga aylanib ketdi. Namoyish uchun ayollar ham ko‘chaga chiqdi.

Falastin Qizil Yarim Yarim Oy Jamiyati shifokorlari Bayt Ummar shaharchasida Isroil o‘qlaridan yaralangan 22 falastinlikni davolaganini aytdi.

Isroil kuchlari to‘qnashuvlar chog‘ida haqiqiy yoki rezina o‘qlar, ko‘zni yoshlatuvchi gazlardan foydalanmoqda.

“Isroil mening yerimni bosib olmoqda”

Noyabr oyi o‘rtalarida Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lmasa ham, u bilan muzokara o‘tkazishga majburligini aytgandi.

“Isroil bilan muammo bor, Isroil mening yerimni va yurtimni bosib olmoqda. Men Isroil bosh vaziri bilan muloqot qilishga majburman”, — deya qo‘shimcha qildi Abbos.

Falastin rahbari bir necha bor Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni talab qilgan. 2020-yil sentabr oyida Falastin xalqaro konferensiyani o‘tkazish uchun taxminiy diplomatik harakatlarni boshlaganini bildirgan, ammo bu harakatlar natijasida hali hech narsa amalga oshmadi. Tomonlar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari 2014-yildan beri to‘xtab qolgan.

13-noyabr kuni Iordaniya qiroli Abdulla II Isroil ishg‘oliga barham berish va 1967-yil 4-iyundagi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishga chaqirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)