Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida maktabga ketayotgan 3-sinf o‘quvchisi “KamAZ” bosib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. Viloyat IIB matbuot xizmati haydovchi qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

Foto: Nasafnews

Foto: Nasafnews

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 22-noyabr soat taxminan 12:30 larda haydovchi N.B. boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ” rusumli avtotransport vositasini A-378 Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lidan G‘uzor tumani tomon boshqarib borib, Qamashi tumani “Uzun” MFY hududining 124 kilometriga kelganda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan voyaga yetmagan Q.S.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Foto: Nasafnews

Foto: Nasafnews

Nasafnews yo‘ldan o‘tayotgan qizaloqqa boshqa haydovchilar yo‘l bergani, ammo katta tezlikda harakatlangan “KamAZ” uni urib yuborib, 10 metr masofagacha bo‘lgan joyga sudrab borganini yozgandi.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi N.B.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi