Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 22-noyabr kuni ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy Nasafnews nashri.

Foto: Nasafnews

Foto: Nasafnews

Qayd etilishicha, Uzun qishlog‘idan o‘tgan markaziy yo‘lda yuz bergan. Qishloqda joylashgan 64-maktabning 3-sinf o‘quvchsi S.Q. (2013-yilda tug‘ilgan) maktabga borayotgan vaqtda markaziy yo‘lda piyodalar o‘tish joyidan o‘tishga uringan. Qizaloqqa boshqa haydovchilar yo‘l bergan, ammo katta tezlikda harakatlangan “KamAZ” uni urib yuborib, 10 metr masofagacha bo‘lgan joyga sudrab borgan. Voqea oqibatida qiz vafot etgan.

“9 yoshli qizim o‘pkasini bosa olmaydigan haydovchi deb vafot etdi. Voqea shu darajada ayanchli bo‘lganki, qizimni ‘KamAZ’ urib ketib, yana bosib harakatlangan. Boshqa haydovchilar ‘peshexod’dan o‘tayotgan qizimga yo‘l bergan. Ammo yuk mashinasi yuqori tezlikda kelgan”, — deydi qizning otasi.

Foto: Nasafnews

Foto: Nasafnews

22-noyabr kuni sodir bo‘lgan ushbu YTH piyodalar o‘tish joyi yaqinida joylashgan savdo do‘konining kuzatuv kamerasiga qisman tushib qolgan. Videoyozuvlarda KamAZ yuqori tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?