Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida 3 kunlik firma jami 2 milliard 601 million so‘mlik issiqxonalar o‘rnatishni yutib olgani haqida xabar tarqaldi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan etender.uzex.uz maxsus elektron portalidagi 12 ta lot bo‘yicha 12 ta tumanda jami 289 ta 2 million 601 ming so‘mlik yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish natijasida buyurtmachi tomonidan savdolarning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish va savdolarning bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish orqali qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgani alomatlari aniqlangan.

Xususan, Nxs Ctroybadmetall MCHJ va Turnoverprice MCHJ tomonidan kerakli hujjatlar (issiqxona qurish bo‘yicha ish tajribasi, qurilishda ishlatiladigan materiallar ro‘yxati) taqdim qilinmagan bo‘lsa-da, ularga asossiz yuqori ballar berilgan.

Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda xarid komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lmagan holda qonunchilikka zid ravishda qaror qabul qilingan.

Holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 10-noyabrda ish qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgan deb topilgan. Tanlov savdolarining qarorlarini bekor qilish va qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tanlov o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

“Bugungi kunda qarorlar bekor qilindi va qayta tanlov o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Izoh

BAXRIDDINOV М ماحاردين

29.11.2022, 16:56

Бунақа тендерларни, 30-40 йиллардан буён соҳада ишлаб келаётган, ўзининг техникаларига, ишчи кучига, моддий-техник базасига эга бўлган корхоналар қолиб, на техникаси, на бир идораси бўлган, муҳр-штампларини ҳам кистасида олиб юрадиган фирмачлар ютиб олади. Бошқача бўлиши ҳам мумкин эмас.

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj