Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda. Sudning ikkinchi kunida so‘z olgan ayblanuvchi Azamat Turdanov Dauletmurad Tajimuratovni jinoyatchi va firibgar deb atadi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Turdanovning sudda aytishicha, 2022-yilning 1-iyul kuni Dauletmurad Tajimuratov Azamat Turdanovga telefon orqali SMS-xabarnoma yozib, u haqida internetda video tarqatishini, xafa bo‘lmasligi kerakligini bildirgan. Bunga javoban Azamat Turdanov shoshmay tur, hozir turgan joyingga boraman degan.

Turdanov namoyishga Yoshlar markazi binosidan chiqib tasodifan qo‘shilganini aytmoqda. U Yoshlar markazi binosidan chiqib qaytayotganda bozor yonida to‘plangan olamonni ko‘rgan. Yig‘ilganlar orasida Jo‘qorg‘i Kengesning sobiq raisi Murat Kamalov mashinasi ko‘ringach, olamon ochiga kirgan.

Dauletmurad Tajimuratov Azamat Turdanovning bu gaplaridan so‘ng unga yuzlanib, savollar berdi. Va tergov davomida bergan ko‘rsatmasida Tajimuratov Qoraqalpog‘iston rahbari bo‘lsa, unga lavozim va’da qilganini aytganini, ularning o‘rtasida shunday muloqot qachon bo‘lganini so‘radi.

Azamat Turdanov 2022-yilning 1—2-iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarning ishtirok etishini ta’minlagan va Dauletmurat Tajimuratovni yelkasiga o‘tqazib, Jo‘qorg‘i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.

Sudlanuvchining aytishicha, u bu ishni o‘zi xohlab amalga oshirgan. Uni bunga hech kim majburlamagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Mahalliy
Andijonda 6 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ortidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo bo‘ladi