Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda birinchi marta chiqindidan qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, u Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida joylashgan. Yangi zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi. Zavod ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Muqobil yoqilg‘i turlaridan biri hisoblangan mazkur qattiq yoqilg‘i mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini isitishda foydalaniladi.

Pellet — turli xil don ekinlarining somoni, makkajo‘xori poyasi, deyarli barcha o‘simliklarning ildizlari va barglari, yog‘ochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.

Qayd etilishicha, ushbu zavod Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligining hamkorlikdagi navbatdagi loyihasi bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot respublikamizda muqobil yoqilg‘i turini rivojlantirishga va energiya resurslarini tejashga xizmat qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi eng yuqori bo‘lgan viloyatlar ma’lum qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi