Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi haqida xabar berilgan edi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ushbu tizim 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushirilishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballarini hisoblab borish, hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchini ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish, qoida buzmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llanishi tartibini nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish belgilangan.

Jarima ballarini joriy etish bo‘yicha qonun hamda Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Oliy Majlis qonunchilik palatasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilgan holda qonun loyihasini qayta takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli 1-dekabrdan boshlab jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi.

Bunda qoidabuzarliklar avtomatik tarzda dasturiy ta’minotda qayd etib boriladi. Ushbu tizim yangi bo‘lganligi sababli, test rejimida ishlagan vaqtda tizimdagi hamda sodir etilgan qoidabuzarliklardagi barcha xato va kamchiliklar tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash davrida bosqichma-bosqich aniqlanib, bartaraf etilib, takomillashtirilib boriladi.

Aholidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarning oldini olish maqsadida test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.

Dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan xato va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgandan keyin ishga tushirilib, haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi