Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosniya va Gersegovina biznes-ombudsman institutini tashkil etishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda. Bu haqda prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, biznes-ombudsman devoni xodimlari komplayens va etika bo‘yicha xalqaro sertifikatlangan mutaxassis Mila Srnogoras Bayich bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv Bosniya va Gersegovinada biznes-ombudsman institutini tashkil etish dasturi doirasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Bugungi kunga qadar Gruziya va Ukrainaning shu kabi tashkilotlari tajribasi o‘rganilgan.

Uchrashuvda biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan O‘zbekistonning biznes-ombudsman institutini tashkil etish tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, vakolatlar ro‘yxati, uning vazifalari, shuningdek, faoliyat ko‘rsatgan davrda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Shu bilan birga, jahondagi ma’lum biznes-ombudsman institutlari orasida O‘zbekiston biznes-ombudsmani keng ma’muriy resurslar ta’minlangani va bu o‘z navbatida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilish qayd etildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi