Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Buxoro—Urganch—Xiva temiryo‘lini elektrlashtirish loyihasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, mamlakatda transport tarmoqlari izchil rivojlantirib kelinmoqda. Xususan, 2018-yilda Buxoro—Miskin temir yo‘li qurilib, Xivagacha masofa 242 kilometrga qisqargan edi. Shu bilan birga, elektr poyezdining unumdorligi 4,5 barobar yuqoriligini inobatga olib, mavjud temiryo‘llar elektrlashtirilmoqda. So‘nggi yillarda Qarshi—Kitob, Pop—Namangan—Andijon hamda Qarshi—Termiz yo‘nalishlari elektrlashtirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari xorazmliklar bilan uchrashganida 2024-yilda Xivaga tezyurar elektr poyezdi yo‘lga qo‘yilishini aytgan edi va bu reja O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritildi. Shu tariqa Buxoro—Urganch—Xiva temiryo‘lini elektrlashtirish boshlandi.

Taqdimotda bu ishlarning borishi va kutilayotgan natijalar haqida axborot berildi. Mazkur loyihaning qiymati — 445 million dollar. Shundan 270 million dollari Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan jalb etiladi. Loyiha doirasida Buxorodan Xivagacha bo‘lgan 465 kilometr temiryo‘l tarmog‘i elektrlashtiriladi, bekat, nimstansiyalar va boshqa inshootlar quriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yo‘lning samaradorligi shunga yarasha ancha oshadi. Masalan, poyezdlarning yuqori tezligi soatiga 250 kilometrgacha bo‘ladi. Natijada yo‘lovchilarning Toshkentdan Urganchgacha yetib borish vaqti 14 soatdan 6 soatga, Buxorodan Xivagacha 8 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Bu xalqqa qulaylik yaratib, turizm rivojida ham muhim omil bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tezlik evaziga temiryo‘lning o‘tkazuvchanligi ham oshadi. Yuk tashish imkoniyati yiliga qo‘shimcha 11 million tonnagacha, yo‘lovchilar soni 2 million 300 ming nafarga ko‘payadi. Poyezdlar elektr energiyasida yurishi hisobiga yiliga 18 ming tonna dizel yonilg‘isi tejaladi. Davlat rahbari loyihaning sifatli bo‘lishiga alohida ahamiyat qaratdi.
Avvalgi loyihalarda mutaxassislarimiz ancha tajriba orttirdi, chet ellik konsultantlar ham jalb etildi. Endi asosiysi – ishni sifatli bajarish. Bu yo‘lni qancha yaxshi qilsak, xalqimizga sharoit, turistlar uchun qulaylik, iqtisodiyotimizga manfaat bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga tezyurar poyezd o‘tadigan tuman va shaharlarda yo‘l bo‘yi xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Temiryo‘l borgan joyga madaniyat boradi, hayot jonlanadi. Shunday ekan, bekatlar atrofida xuddi avtomobil yo‘llarida bo‘lganidek savdo va xizmat shoxobchalarini ko‘paytirish kerak. Yana bir vazifa – temiryo‘l bo‘ylab cho‘l iqlimiga mos daraxt va butalar ekish zarur. Bu ham hudud ekologiyasiga ta’sir qiladi, ham yo‘l bo‘ylariga ko‘rk bag‘ishlaydi, – dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident mutasaddilarga hozirgi loyihaga hamohang tarzda Nukus shahrigacha bo‘lgan temiryo‘lni ham elektrlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Buning natijasida Toshkent bilan Nukus o‘rtasidagi qatnov vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, davlat tashkilotlari binolarida quyosh panellari o‘rnatish, aholini bu borada rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?