Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onananing JCH—2022 dagi ishtiroki yakuniga yetdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Cope nashrining xabariga ko‘ra, posbon bosh murabbiy Rigober Song bilan bo‘lib o‘tgan mojarodan so‘ng terma jamoa bazasini tark etishga qaror qilgan.

Taktika bo‘yicha qarashlarning mos kelmaganligi futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi mojaroning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Onananing ta’kidlashicha, murabbiyning fikrlari uning futbol haqidagi tushunchasidan yiroq. Bu suhbat Andre va Rigober o‘rtasida keskinlikni yuzaga keltirgan.

Jurnalist Fabrisio Romanoning qo‘shimcha qilishicha, murabbiy guruh bosqichining 1-turida jarima maydoni tashqarisida to‘pga teginish bo‘yicha darvozabonlar orasida Jahon Chempionati rekordini o‘rnatgan Onanadan “an’anaviy” o‘yin uslubiga ko‘proq e’tibor qaratishni so‘ragan. Andre esa o‘z uslubini o‘zgartirishni istamagan.

Murabbiy Kamerunning boshqa futbolchilari oldida o‘z obro‘sini tushirishni istamay, darvozabonga Serbiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini aytgan.

Kamerun futbol federatsiyasi rahbari Samyuel Eto’O futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishga uringan, biroq buni uddalay olmagan.

Shundan so‘ng Onana terma jamoa bazasini tark etishga qaror qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi