Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida 27-noyabr kuni Belgiya termasi 0:2 hisobida Marokash jamoasiga yutqazib qo‘ygach, Bryussel markazida futbol ishqibozlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Brussels Times.

Foto: AFP

Foto: AFP

Muxlislar vitrinalarni sindirib, mashina va elektroskuterlarga o‘t qo‘ydi, politsiyachilarga tosh yog‘dirdi. Bunga javoban, ularga qarshi suv zambaraklari va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llanildi.

Tartibsizliklarni aynan kim — g‘alabani nishonlayotgan marokashlik muxlislar yoki mag‘lubiyatdan g‘azab otiga mingan belgiyalik ishqibozlar keltirib chiqargani aniq emas. Afrika jamoasining g‘alabasi Belgiyaning ko‘plab shaharlarida asli marokashliklar tomonidan keng nishonlangani aytilmoqda.

Tartibsizliklar tufayli o‘n kishi ma’muriy tartibda, yana bir kishi sud tartibida hibsga olingani xabar berilmoqda.

To‘qnashuvlar boshqa shaharlarda, masalan, Lyejda ham bo‘lib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...