Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Belgiya va Kanada terma jamoalari 23-noyabr, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuv kanadaliklarning qator hujumlari bilan boshlandi. 10-daqiqada Shimoliy Amerika vakillari oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Alfonso Devisning penaltidan yo‘llagan zarbasini Tibo Kurtua qaytarishga erishdi.

Birinchi bo‘limda kanadaliklarda yana bir nechta golli vaziyat bo‘ldi, biroq jamoa ulardan foydalana olmadi. Tanaffus arafasida Mishi Batshuayi Belgiyani oldinga olib chiqqan gol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarishsiz qoldi va Belgiya birinchi turdan keyin guruh peshqadamligini qo‘lga oldi.

Guruhning dastlabki bahsida Xorvatiya va Marokash jamoalari 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi.

JCH—2022

1-tur bahsi

23-noyabr, chorshanba

Belgiya — Kanada 1:0

Gol: 1:0 – 44 Batshuayi.

Belgiya: Kurtua, Kastan, Vertongen, Alderveyreld, Dendonker, Karrasko (Menye, 46), Vitsel, de Bryuyne, Tilemans (Onana, 46), Eden Azar (Trossard, 62), Batshuayi (Openda, 78).

Kanada: Boryan, Lareyya (Adekugbe, 74), Vitoriya, Miller, Jonston, Hatchinson (Kone, 58), Eushtakiu (Osorio, 81), Hoylett (Larin, 58), Devid, Byukenen (Millar, 81), Devis.

Ogohlantirishlar: Karrasko (9), Menye (53), Onana (56), Devis (81), Jonston (83).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)