Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ubaydulla Mingboyev Sudyalar assotsiatsiyasi raisligiga qayta saylandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

Foto: Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

26-noyabr kuni Toshkentda Sudyalar assotsiatsiyasining VI syezdi bo‘lib o‘tgan. Unda Sudyalar assotsiatsiyasi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqilgan va ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelgan Ubaydulla Mingboyev assotsiatsiya raisligiga qayta saylangan.

Shuningdek, 16 nafar Markaziy kengash, 3 nafar Taftish komissiyasi a’zolari ham saylangan. Assotsiatsiya ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqilib, ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullangan

Ma’lumot uchun, 1997-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasi sudyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sud hokimiyatining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?