Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston IIV Kiberxavfsizlik markazi mobil qurilmalarning IMEI kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, bir qator fuqarolar shaxsga doir qonun hujjatlarini buzgan holda mobil qurilmalarni IMEI kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelayotgani to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Ma’lumotlarni tekshirish davomida, fuqaro I.S., M.Sh., Q.J. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi 175 nafar shaxslarning pasport nusxalarini turli xil aldov yo‘llari bilan qo‘lga kiritib, ulardan foydalangan holda, O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazgani aniqlangan.

Hozirda I.S., M.Sh., Q.J. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib/takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov