Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Afrikada immun tizimi zaiflashgan odamdan olti oy davomida olingan COVID-19 namunalaridan foydalanilgan holda laboratoriya tadqiqoti o‘tkazildi. Natijalar esa virusning yanada rivojlanib ketgani va bu yangi variant hozirda dominant bo‘lib turgan omikron shtammiga qaraganda ko‘proq kasallikka olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Janubiy Afrikaning Durban shahridagi Afrika Sog‘liqni saqlash tadqiqot institutida Aleks Sigal tomonidan olib borilgan tadqiqot hali keng miqyosda ko‘rib chiqilmagan va faqat bir shaxsdan olingan namunalar bo‘yicha laboratoriya ishlariga asoslangan.

Sigal va boshqa olimlar ilgari Afrika janubida aniqlangan beta va omikron kabi variantlar immuniteti zaif odamlarda, jumladan, OIV bilan kasallanganlarda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ilgari surgan edi. Ularning ta’kidlashicha, bu odamlar kasallikdan xalos bo‘lishlari uchun uzoq vaqt kerak bo‘lishi shtammning mutatsiyaga uchrashiga va antitanachalarga chap berishiga ko‘maklashadi.

Bu variant hozirgi omikron shtammlariga qaraganda patogenroq bo‘lishi mumkin, — deydi tadqiqotchilar o‘z xulosalarida.

Hozirda dunyo bo‘ylab koronavirusga qarshi cheklovlar qisqartirilmoqda. Pandemiya boshlanganidan ikki yarim yil o‘tgach, BAA noyabr oyi boshida deyarli barcha cheklovlarni olib tashlagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelajakda pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday virusni aniqlashga harakat qilmoqda. U kelajakdagi pandemiya va keyingi global tibbiy tahdidlarni o‘rganish uchun 300 dan ortiq olimlar guruhini to‘plagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?