Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiyalik faol Greta Tunberg va Auroras yoshlar ekologik harakatining 600 dan ortiq a’zolari Shvetsiya hukumatining iqlim bo‘yicha siyosatidan norozi bo‘lib, mamlakatga qarshi da’vo kiritdi. Bu haqda Tunberg Twitter’da ma’lum qildi.

Da’voda aytilishicha, Shvetsiyaning iqlim bo‘yicha siyosati uning konstitutsiyasiga, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga ziddir.

“Shvetsiya davlati joriy va kelajak avlodlar uchun qulay atrof-muhit yaratishga olib boruvchi barqaror taraqqiyotga ko‘maklashish bo‘yicha konstitutsiyaviy talabni bajarmayapti”, — deyiladi bayonotda.

O‘z talablarini qo‘llab-quvvatlash uchun faollar norozilik yurishini tashkil qildi. Uning suratlarini Tunberg ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishdi.

“Bizda iqlimiy va ekologik inqirozlar oqibatlaridan uzoq muddatli himoyani ta’minlovchi qonunlar yo‘q, lekin biz o‘zgarishimiz va inqirozga yuz tutganimizdan xabardorlikni oshirishimiz uchun qo‘l ostimizdagi usullardan foydalanib, bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak”, — dedi Tunberg Shvetsiyaning Dagen Nyheter gazetasiga bergan intervyusida.

Bloomberg qayd etishicha, ekofaollar tomonidan bunday da’volar boshqa mamlakatlar hukumatlariga qarshi ham berilgan. Xususan, 2019-yilda Niderlandiyada sud hukumat global isish oqibatlarini yumshatish uchun choralar ko‘rishi shart, degan qaror chiqargandi.

2017-yilda Shvetsiya iqlim haqida qonun qabul qilgan bo‘lib, u hukumatdan 2045-yilgacha issiqxona gazlari ajralib chiqishini qisqartirish  va uglerod neytralligiga erishishni talab qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Dunyoda neft narxi tushib bormoqda
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Maslahatlar
Och qoringa ichmaslik kerak bo‘lgan 4 turdagi ichimlik