Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi ish beruvchisi” tanlovida “Eng barqaror tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, har yili xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda eng munosib ish beruvchilar faoliyati o‘rganilib, g‘oliblarga “DaVinci” mukofoti topshiriladi.

Xodimlarni boshqarish (HR) yo‘nalishiga ixtisoslashgan “DaVinci Management Consulting” professional kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan tanlov mahalliy, xalqaro va davlat korxonalari toifalariga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.

Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank “Eng barqaror tashkilot” deya e’lon qilindi.

Bunda Bank tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya ishlari, xususan, HR sohasida joriy qilingan yangi standartlar, xodimlar, ularning farzandlari va ota-onalari uchun tashkil etilayotgan ijtimoiy hamda motivatsion ruhdagi loyihalar ko‘lami, shuningdek, muassasaning 100-yillik barqaror rivojlanish odimlari e’tirof etildi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi