Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Der Spiegel nashriga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uning uchun kutilmagan voqea bo‘lmaganini aytdi. Merkelning so‘zlariga ko‘ra, siyosatdan ketish arafasida u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot o‘rnatishga uringan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters
Men ketganimdan keyin yanada tinchroq davr bo‘lishini istagandim. Ammo bu (Ukrainadagi urush — “Daryo” izohi) kutilmagan voqea bo‘lmadi. Minsk kelishuvlari buzildi. 2021-yilning yozida, prezidentlar Bayden va Putin o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, men Putin bilan va Yevropa Ittifoqi Kengashida Emmanuel Makron bilan muhokama uchun mustaqil Yevropa formatini yaratmoqchi bo‘ldim. Ayrimlar bunga e’tiroz bildirishdi, mening esa so‘zimda turib olishga kuchim yo‘q edi, chunki hamma men haqimda “U kuzda ketadi” deb o‘ylayotgandi, — dedi sobiq kansler.
Merkelning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaga so‘nggi tashrifi chog‘ida ham unga nisbatan xuddi shunday munosabatda bo‘lishgan. “Kuch siyosatida sening vaqting tugadi. Putin uchun faqatgina kuch muhim”, — tushuntirdi u.

Sobiq kanslerning ta’kidlashicha, urushning oldini olish borasidagi tashabbusini boshqa nemis siyosatchilariga yetkazishga uringan, ammo u bilan gaplashganlar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga ikkilangan.

Angela Merkel siyosatdan ketganidan afsusda emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, siyosatda yangi yondashuvlar paydo bo‘lishi kerak edi. Merkel, shuningdek, Minsk kelishuvlari Ukrainaga vaqtdan yutishga imkon berganini qayd etdi.

2022-yil oktabr oyida Rossiyaning sobiq bosh vaziri Sergey Stepashin Merkel Vladimir Putinni Minsk kelishuvlarini imzolashga “ko‘ndirgan asosiy siyosatchi” ekanini ma’lum qildi.

Angela Merkelning Moskvaga so‘nggi tashrifi 2021-yil avgustida bo‘lib o‘tgan, Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” 2022-yilning 24-fevralida boshlangan. Merkel 2005-yilning noyabridan 2021-yilning 8-dekabrigacha Germaniya kansleri bo‘lib ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)