Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sentabrda Ukraina tomonidan uchirilgan Amerika raketasi o‘z yo‘nalishidan og‘ib, Donetsk viloyatining Kiyev nazorati ostidagi Krematorsk shahrida turar joyga borib tekkan va uch nafar tinch fuqaroni yaralagan. Bu haqda The New York Times gazetasi mahalliy aholiga tayanib xabar berdi. Amerikada ishlab chiqarilgan AGM-88B raketalari dushmanning radarlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, zarba 26-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 atrofida berilgan. Gazeta jurnalistlari raketa kelib tushgan joyda qolgan alohida metall bo‘laklarini to‘plab, ularni aniqlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Snaryad besh qavatli ko‘p xonadonli uyning yuqori qavatiga kelib tekkan va bino devoridan tuynuk ochgan.

“Uch kishi yaralangan, deyishdi. Halok bo‘lganlar yo‘q. Raketa hech kim yashamaydigan xonadonga kelib tushgan, qo‘shni xonadondagilar esa jabr ko‘rgan… Avval ham bu hududga raketalar kelib tushgan. Endi biz sal shitirlagan ovozdan ham qo‘rqib qolganmiz”, — deya nashr qo‘shni uyda yashaydigan ayolning so‘zlarini keltirib o‘tdi. Uning gaplarini boshqa qo‘shnilarning ko‘rsatmalari tasdiqlagan. Ukraina Mudofaa vazirligi gazetaning voqea haqidagi savoliga javob qaytarmagan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari ixtiyorida bo‘lgan sovet davriga oid MiG qiruvchilari AGM-88B qanotli raketasini otishga mo‘ljallanmagan. Nashr raketa turar joyga kelib tushishiga aynan nima — texnik nosozlik yoki nishondan adashish sabab bo‘lganini aniqlay olmadi. AQSH Mudofaa vazirligidagi manbalari gazetaga ma’lum qilishicha, idora Rossiya qo‘shinalri tomonidan Amerikaning ushbu modeldagi raketalari tutib olingani bo‘yicha holatlardan xabardor emas.

AGM-88 AQSH Harbiy-dengiz kuchlari va Harbiy-havo kuchlari tomonidan Vyetnamdagi urushdan keyin dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi raketalarini yo‘q qilish vazifalarini bajaruvchi ixtisoslashtirilgan jangovar samolyotlar uchun ishlab chiqilgan edi. Uchirilganidan keyin, raketa zenit-raketa obyektlariga biriktirilgan radarlardan tarqaladigan elektromagnit nurlanishning muayyan turlarini qidiradi va 48 kilometrdan ortiq masofada bunday radiosignallar manbaini topadi.

Yevroparlament hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainada raketa va artilleriya zarbalari chog‘ida fuqarolik infratuzilmasining 60 982 ta obyekti, shu jumladan, 42 818 ta uy, 1960 ta o‘quv muassasasi, 396 ta tibbiy muassasa, 479 ta madaniy va diniy binolar vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rgan.

Avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Rossiyaning Ukraina infratuzilma obyektlariga zarbalari Kiyevga G‘arb tomonidan qurol yetkazib berilayotganiga javob ekanini aytgan, shuningdek, “turar joylarning vayron bo‘lishi va tinch aholi orasidagi talafotlar Ukrainaning shahar tashqarisida emas, balki uning naq markazida joylashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi aybi bilan yuz berayotgani”ni ta’kidlagan edi. “Natijada raketalar bo‘laklari yoki o‘z izidan chiqib ketgan Ukraina raketalari Rossiya nishonga olmagan obyektlarga borib tegmoqda”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)