Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoning bir nechta yirik kompaniyasi va bir necha shaxs “Manchester Yunayted”ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Klub matbuot xizmati avvalroq “Manchester Yunayted” sotuvga qo‘yilishi borasida muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi sotuvdan 5 milliard funtdan ko‘p ishlab olmoqchi, ular uchun eng maqbul variant 6—8 milliard funt atrofidagi miqdor bo‘ladi.

Dunyoning yirik IT-kompaniyalari Amazon va Facebook, shuningdek, BAA hamda Qatardan bo‘lgan amaldorlar ham “Manchester Yunayted”ni sotib olishga qiziqish bildirgan.

The Telegraph versiyasi bo‘yicha, Buyuk Britaniyaning eng boy kishilaridan biri Jim Retkliff Manchester jamoasini sotib olishga tayyor. Ineos kimyo kompaniyasiga egalik qiluvchi 70 yoshli tadbirkorning boyligi 16,3 milliard dollarga baholangan.

Qayd etilishicha, Retkliff avgust oyidayoq o‘zi muxlislik qiladigan klubni sotib olish borasida Gleyzerlar oilasi bilan bog‘langan. Biroq u vaqtda “Manchester Yunayted” egalari klubni sotish niyatida emas edi.

Ineos kompaniyasi “Nitssa” va “Lozanna” futbol klublariga egalik qiladi.

Financial Times’ning xabar qilishicha, “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Devid Bekhem ushbu jarayonda ishtirok etish istagida. Angliyalik funksioner potensial xaridorlar bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bekhemning o‘zi “Manchester Yunayted”ni sotib ololmaydi. Biroq investorlar orqali klubning yirik aksioneriga aylanishi mumkin.

Klub Gleyzerlar oilasiga tegishli. Amerikalik oila 2005-yilda 790 million funt evaziga “Manchester Yunayted”ni sotib olgandi. Ayni vaqtda jamoaning bozor narxi 1,81 milliard funtga teng. Avvalroq Gleyzerlar klubni sotish borasida 5 dan 9 milliard funtgacha bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi