Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonsonga Kiyevning faxriy fuqarosi unvoni berildi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Kiyev shahar kengashi Ukrainaning buyuk do‘sti Boris Jonsonga Kiyevning faxriy fuqarosi unvonini berish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi”, — deya izoh qoldirdi mer. Klichko Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Kiyevga tinchlik davrida ham, urushning “eng keskin davrida” ham bir necha bor kelganini qayd etdi.

“Jonson shunday qildi. U Britaniya hamda jahon yetakchilari Ukrainaga zarur yordam ko‘rsatishi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishda davom etishiga ishonaman”, — deya qo‘shimcha qildi mer.

U siyosatchiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va uni Ukraina poytaxtiga navbatdagi tashrifga hamda Kiyevning faxriy fuqaroligini topshirishga taklif qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Boris Jonson birinchi marta Kiyevga aprel oyida kelgan. U Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukrainaga kelgan G7 davlatlarining birinchi rahbari bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda