Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yelisey saroyida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rafiqalari bilan Parijdagi Luvr muzeyida bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Luvr dunyodagi eng katta va eng ko‘p tashrif qilinadigan muzeylardan biri bo‘lib, eng yirik va qimmatli badiiy asarlar to‘plamiga ega. Har yili bu yerga 10 millionga yaqin sayyoh keladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbek xalqining boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi prezidentning 2018-yil oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi. Davlat rahbari o‘shanda O‘zbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida ko‘rgazmalar tashkil etish, mamlakatlar o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etgan edi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Luvr muzeyi o‘rtasida tegishli memorandum imzolandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keyingi uch yil davomida ko‘rgazmalarga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Bir nechta O‘zbekiston va Fransiyaning birgalikdagi ekspeditsiyalari uyushtirilib, ko‘plab arxeologik topilmalar kashf qilindi. Bundan tashqari, Luvr restavratsiyachilari va o‘zbekistonlik mutaxassislar bir nechta bosqichdan iborat keng ko‘lamli tiklash tadbirlarini amalga oshirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu ishlar natijasida Luvrning Rishelye zali va Islom bo‘limida xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan beshta bo‘limdan iborat katta ko‘rgazma makoni yaratildi. Bular:
  • “Voha davlatlari va podshohliklari davri: Ipak yo‘lidagi madaniyatlarning muloqoti”;
  • “O‘rta asrlar va san’atning gullab-yashnashi”;
  • “Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi, madaniyat va fanda Uyg‘onish davri”;
  • “Ibn Sinodan Chingizxongacha”;
  • “Buyuk imperiyalar davri: Temuriylar va Shayboniylar”.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston tarixining 1500 yildan ortiq davrini qamrab olgan ko‘rgazma mamlakatning 16 muzeyidan 138 ta noyob ashyo, shu jumladan, ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilingan 70 ta eksponatdan iborat. Shuningdek, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSHning yirik muzeylaridan keltirilgan 31 ta buyum ko‘rgazmadan joy oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘rgazmaning ilk mehmonlari bo‘lgan O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari Dalvarzintepa va Xolchayon yodgorliklaridan topilgan eksponatlar, Varaxshadagi qizil rangli xonadan devoriy surat, Kofirqal’adan o‘ymakor panno, Katta Langar Qur’oni sahifalari, Amir Temur maqbarasidan qo‘sh eshik, Afrosiyobdagi elchilar tasviri tushirilgan devoriy surat va boshqa eksponatlar bilan tanishdi. Ularning yaratilishi va topilishi, ular bilan bog‘liq tarixiy davrlar va shaxslar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarlari ko‘rgazma yuksak darajada tashkil etilgani va unda o‘ziga xos muhit yaratilganini ta’kidlab, ikki mamlakatning madaniy hayotida muhim o‘rin tutuvchi ushbu tadbirni tayyorlashga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Luvrdagi ko‘rgazma nafaqat O‘zbekiston va Fransiya xalqlari, balki butun Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalarni, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. Ko‘rgazma 2023-yil 6-mart kuniga qadar davom etadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov