Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2022-yil yanvar—oktabr oylariga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar—oktabr oylarida 44,2 mlrd kub metrdan oshiq tabiiy gaz, 1 mln tonna gaz kondensati ham ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikkala sanoat sohasida ishlab chiqarish kamaygan — mos ravishda 452,7 mln kub metr va 16,5 ming tonnaga.

Shuningdek, yil boshidan beri O‘zbekistonda 4,3 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Birgina oktabr oyining o‘zida bu ko‘rsatkich 484,4 ming tonnani tashkil qilgan.

Sentyabr oyida esa bu ko‘rsatkich 476,7 ming tonnaga teng bo‘lgan va bu oshib bormoqda.

Oktabr oyida 68,3 ming tonna, 2022-yilning dastlabki 10 oyida 656,2 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sohadagi ishlab chiqarish 10,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Avvalroq Rossiya xoldingi O‘zbekistonda neft va gaz konlarini topgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda