Rossiyaning “Rosgeologiya” xoldingi geologiya-qidiruv ishlari natijalariga ko‘ra O‘zbekiston hududida neft va gaz tarkibidagi qatlamlarni aniqladi. Bu haqda xolding rahbari Sergey Gorkov “TASS”ga ma’lum qildi.
Ha, bizda natijalar bor. Neft va gaz konlarini topdik. Kelgusi yilda batafsil o‘rganishni davom ettiramiz, — deydi u.
Gorkovning tushuntirishicha, “Rosgeologiya” O‘zbekiston hududida gaz inshootlarini aniqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda geologik qidiruv ishlarining joriy bosqichi 2023-yilda yakunlanadi.
Bundan tashqari, xolding kelgusi yilning aprel-oktyabr oylarida ishni davom ettirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
O‘zbekistonga kelsak, Sovet davrida Orol dengizida hech kim qidiruv ishlari olib bormagan. Biz buni qildik. Eng muhimi, bu borada ancha muvaffaqiyatli natijalar bor, — deya xulosa qildi Gorkov.
Avvalroq O‘zbekistondagi eng yirik neft va bitum koni topilgani haqida xabar berilgan edi.