Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aktrisa Asli Enverning yangi filmdagi partnyori barcha muxlislarni hayratda qoldirdi. Tabiiyki, Aslining sherigi sifatida Akin Akinezyu yoki Engin Akyurek taxmin qilingan. Lekin kutilgandan farqli o‘laroq, yangi film ijodkorlari haqiqiy syurprizni taqdim etdi, deb yozadi “RusTurkey.com”.

Foto: “vc.com”

Foto: “vc.com”

TV Gazete tarqatgan xabarga ko‘ra, Asli Enver ishtirok etayotgan “Sen hayotga boq” loyihasida uning sherigi sifatida Kaan Urganjo‘g‘lu ishtirok etadi. Kaan o‘zbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” serialidagi roli bilan tanish.

Foto: “vc.com”

Foto: “vc.com”

Shuningdek, yaqin kunlarda filmning suratga olish ishlari boshlanishi ham ma’lum qilingan. Loyiha ssenariysi Xakan Bonomo tomonidan yozilgan bo‘lib, Taff Pictures kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Avvalroq Asli ushbu loyihaning karyerasidagi ahamiyati haqida ham aytib o‘tgan. U tomoshabinlar oldida g‘ayrioddiy ko‘rinishda bo‘lishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Asli Enver O‘zjan Deniz bilan birgalikda ishtirok etgan “Istanbullik kelin” filmi bilan o‘zbek tomoshabinlarining sevimli aktrisasiga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi