• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Farzandli bo‘lgani, hijobga kirgani va turmushga chiqolmasligidan qo‘rqqani uchun rolini “yarim yo‘lda” tashlab ketgan o‘zbek aktrisalari (foto, video)

    Jahon kinosi tarixida syomka maydonchasida bir rolni ijro etgan aktyorning birdan o‘zgarib qolishi bilan bog‘liq holatlar juda ko‘p uchraydi. Bunga ko‘p hollarda rejissor va prodyuserning aktyor bilan tortishib qolishi yoki salomatligining yomonlashishi bilan bog‘liq vaziyatlar sabab bo‘ladi. O‘zbek kinosida ham shunga o‘xshash holatlar bo‘lganmi? “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova aktyorlari imi-jimida o‘zgarib qolgan film va seriallar haqida ma’lumot to‘pladi.

    “Charxpalak”dagi lo‘li Maryam — Elmira Rahimjonova va Mohira Nurmatova

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Charxpalak” serialining davomida nega suratga tushmaganim haqida ko‘p so‘rashadi. Ammo hamisha aniq sababini bilmasligimni aytganman. Yaratganning o‘zi kechirsin-u, avvaldan bizda rejissor o‘zlarini xudo deb bilishardi. Hozirgidek rejissorlar bilan o‘z do‘stidek salom-alik qilinmasdi. Ularga aktyorlarning  hurmati, e’tibori nihoyatda yuqori bo‘lgan.

    “Charxpalak” serialining birinchi mavsumidan keyin meni Sobir Nazarmuhammedov rejissorligidagi “Chayongul” filmiga taklif qilishdi. U plyonkaga muhrlanadigan film bo‘lgani uchun taklifni rad etolmadim. Rahmatli “Charxpalak” seriali rejissori Shavkat Junaydullayevning yoniga borib: “Katta kinoga chaqirishdi, meni plyonkaga olishar ekan. Ruxsat bering, bir oyda qaytib kelaman”, deganimda rozi bo‘lgandi. Lekin men o‘shanda rejissorning nafsoniyatiga tegib qo‘yganimni bilmagandim.

    “Chayongul” filmini suratga olish ishlaridan qaytganimdan so‘ng lo‘li Maryam roli boshqa aktrisaga berilganini aytishdi. Roldan chetlatilishimga ayrimlar o‘ylagandek gonorar sabab bo‘lmagan. Rolimni qizg‘anganimdan bir hafta kasal bo‘lib qolganman. Chunki rolni yaratish uchun borimni bergandim. Undan ayrilish menga og‘ir botgan, — deydi aktrisa Elmira Rahimjonova “Daryo”ga bergan intervyusida.

    “Shaytanat”dagi Zaynab — Navro‘za Biynazova va Ra’no Shodiyeva

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Zaynab roliga jurnalist Navro‘za Biynazova tasdiqlangan, ammo suratga olish jarayonlari boshlanganida roldan voz kechishga qaror qilgan. Buni serialning rejissori va badiiy rahbari Yodgor Sa’diyev quyidagicha eslaydi.

    — Bu masala sabab yuragim xuruj qilishiga ozgina qolgan. Bu ishlangan narsa, men buni aniq bilaman. Hozir gapirishning hojati ham yo‘q. Bir kuni Zaynab rolini ijro etayotgan Navro‘za Biynazova oldimga keldi-da, “Men hali turmushga chiqmaganman, u qiz giyohvand bo‘lar ekan”, dedi. Sen ssenariyni o‘qigan eding-ku, desam ham rolni rad etdi. Ana shundan so‘ng menda juda katta muammo paydo bo‘ldi. Ochig‘ini aytsam, o‘zi Navro‘za Biynazova Zaynab rolini o‘ynashini xohlamagan edim. Tohir Malikni ham o‘rtaga qo‘shishganidan keyin oxiri badiiy rahbar sifatida rozi bo‘lgandim. Keyin baxtimga Ra’no Shodiyeva chiqdi, — deydi O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev.

    Eslatib o‘tamiz, Ra’no Shodiyeva mazkur rolni 19 yoshida ijro etgan.

    Navro‘za Biynazova esa “Serialdagi Zaynab rolini Ra’no Shodiyevadek ijro eta olmasdim”, degan fikrda.

    “Serialga mening o‘rnimga Ra’no Shodiyevaning kelishi juda muvaffaqiyatli bo‘lgan. Baribir men Ra’nodek rol o‘ynay olmas edim. Chunki Ra’no professional aktrisa, men aktrisa emasman. Menimcha, uning serialga kelgani juda yaxshi bo‘ldi. Serialdan ketishimning sababi — asosiy ishim bilan suratga olish jarayonlari to‘g‘ri kelmagani. Keyin uydagilar ham serial efirga chiqqanidan keyin qarshilik qilishgan. Bu serialning suratga olinganiga 24 yil bo‘ldi, birinchi qismi 1999-yilning 15-fevralida efirga chiqqan.

    Serialda grim ustalari, rejissorlar almashgan, bunga har xil sabab bor. Balki boshqalar bilan moliyaviy sabablar bo‘lgandir, lekin shaxsan mening ketishimga vaqt sabab bo‘lgan. Gonorar olganman, hamma qatori. Men xalq artisti yoki xizmat ko‘rsatgan artist emasman, oddiy aktrisa sifatida gonorar olganman.

    Bu serialning shunaqa shov-shuvlarga sabab bo‘lishiga ishonmaganman.  Serialni suratga olish jarayonida haqiqatan ham boshim yorilgan. Suratga olish jarayonida tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda meni yerto‘laga olib kirishda eshik bosh bilan urib ochilishi kerak bo‘lgan. O‘sha paytda Elchinni, ya’ni Bekzod akaning o‘rniga dublyor ishlagan edi. Eshikni qo‘li bilan ochayotgan edi, biroq motor degan vaqtda bilmadim, esidan chiqib qoldimi, meni boshim bilan urdi. Keyin boshim yorilgan”, — deydi Navro‘za Biynazova.

    “Parixona” serialidagi Marjona — Feruza Normatova va Narmin

    Serial hali efir yuzini ko‘rmagan bo‘lsa ham, u bilan bog‘liq ma’lumotlar allaqachon tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otgan. Aktrisa Feruza Normatova serialning yarmida suratga tushib, uni tark etgani va bu rolga uning qiyofadoshi taklif etilgani ham ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Feruzaning hijobga kirib, rolni tark etishini kutmagandik. Chunki u rolga taklif etilgan paytda bunday qarori borligini aytmagandi. Shundan keyin bor kuchimizni ishga solib, Feruzaning qiyofadoshi bo‘lgan havaskor aktrisani topdik. Endi suratga olish ishlari boshlanadi deb turganimizda u turmushga chiqadigan bo‘lib qoldi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i esa uning serialda suratga tushishini istamadi. Undan keyin Narminjon taxallusli aktrisa bilan ishlashga qaror qildik. Aslida serial sentabr oyida efirga uzatilishi kerak edi. Ammo rollardan biriga aktrisa Zarina Nizomiddinovani taklif etganimiz bois efir vaqti yana surildi, — deydi serial rejissori Umid Qo‘chqorov.

    “Jaloliddin Manguberdi” serialidagi Shirin — Feruza Normatova va Mahliyoxon Asqaraliyeva

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Feruza Normatovaning hijobga kirib, kinodagi faoliyatini cheklaganidan keyin u ishtirok etayotgan yana bir serialga yangi aktrisa olishga to‘g‘ri keldi. Yodingizda bo‘lsa, u “Jaloliddin Manguberdi” serialining birinchi faslida Shirin rolini ijro etgandi. Serialning ikkinchi faslida bu rolni Mahliyoxon Asqaraliyeva ijro etadi. Qiziq, Shirinning yangi qiyofasi avvalgisidan qanchalik farq qilarkan?

    “Tilim qursin” filmida Alisher Otaboyevning ayoli nega o‘zgarib qolgan?

    Rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Tilim qursin” filmida ham aktrisaning o‘zgarishi bilan bog‘liq holat sodir bo‘lgan. Ammo buni ko‘pchilik tomoshabinlar payqamagan. Ya’ni “Tilim qursin” filmida Alisher Otaboyevning ayoli rolini boshqa aktrisa ijro etgan.

    “Tilim qursin-2” filmida esa Alisher Otaboyevning turmush o‘rtog‘ini aktrisa Xosiyat Husanova ijro etgan. Nazarimizda, rejissor avvaliga filmning davomini suratga olishni va unda Asqar Hikmatovning onasi rolini ijro etgan aktrisa muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olmagan. Xosiyat Husanova esa birdan boyib ketgan ayol va qattiqqo‘l qaynona rolini maromiga yetkazib ijro etgan.

    “Tohir va Zuhra” filmida — Zuhraning roli nega model qizga berilgan?

    1999-yil yangi talqindagi “Tohir va Zuhra” filmi suratga olingan. Mazkur kartina avvalgisidan musiqiy komediya yo‘nalishida ekanligi bilan ajralib turadi. Unda Zuhra rolini Parizoda Bo‘rixo‘jayeva ismli yoshgina qiz ijro etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Tohir va Zuhra” filmida rol ijro etganimda 14-15 yoshda edim. Kinoga kirib kelishim tasodifan yuz bergan. Hech qachon aktrisa bo‘laman, deb o‘ylamasdim. U paytgacha bir nechta qo‘shiq aytgan edim, shou-biznesga qiziqardim. Umuman olganda, san’at men uchun begona emasdi. Otam Alisher Eshonxo‘jayev katta davlat bayramlarida rejissor bo‘lganlar. Shuning uchun yoshligim sahnada, studiyada o‘tgan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun san’at meni o‘ziga rom etgan.

    Sahnaga chiqqanimda rejissorlar meni ko‘rib, shu qiz to‘g‘ri keladi, deb o‘ylashgan. Filmga juda katta kasting bo‘lgan. Lekin men borgan kunim o‘sha kunning o‘zidayoq bu rolga meni tanlashgan, — deydi Parizoda Bo‘rixo‘jayeva.

    Ammo u filmning mantiqiy davomi hisoblangan “Ada emas, dada” filmida Zuhra rolini ijro etmagan. Bunga uning syomka boshlanishidan bir necha kun avval farzandli bo‘lgani sabab bo‘lgan. Film rejissori rolga model qizlardan birini taklif etgan.

    Mavzuga doir:

    • Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida suratga tushmaydi
    • Oilasi uchun karyerasida tanaffus qilgan Gollivud aktrisalari (foto)
    • “Bunday bo‘lishini hech kim kutmagandi: “Muhtasham yuz yil” seriali prodyuseri Maryam Uzerli jamoani noqulay vaziyatda qoldirgani haqida so‘zlab berdi

    14.11.2022, 12:39   Izoh (0)   40794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk aktrisasi Birje Akalay Dubayda “Yilning eng yaxshi aktrisasi” deb topildi

    14.11.2022, 10:51

    Sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi

    14.11.2022, 08:18

    Instagram: Tarixiy rolga tasdiqlangan Ulug‘bek Qodirov, Ozoda Nursaidovadan dolzarb mavzudagi klip, ota-onasini Umraga kuzatgan Vohidjon Isoqov

    13.11.2022, 22:44

    Har qanday vaziyatda ham hamkasblarini qo‘llab-quvvatlaydigan taniqli aktyor va aktrisalar (foto)

    13.11.2022, 15:35

    Tovuq suyagi, kiyim ilgich va pashshalar: Gollivud yulduzlarining eng g‘ayrioddiy kolleksiyalari

    13.11.2022, 12:41

    Instagram: Madinada o‘zbek muxlisasidan sovg‘a olgan Feruza Normatova, tug‘ilgan kunini nishonlagan xonanda Asal, garderobini ko‘rsatgan Malika Ravshanova

    12.11.2022, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.