Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-noyabr soat 17:26 holatiga ko‘ra. Toshkent—Vodiy avtomobil yo‘ldiagi Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, hozirda yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish ishlari muvofiqlashtirib borilmoqda.

“Shu o‘rinda FVV yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ham Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 236—241-kilometrlari oralig‘ida (ikki tunnel oralig‘i) qor yog‘ayotganini tasdiqladi.

“Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, — deb yozadi YHXB axborot xizmati.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi