Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tasavvur qiling, oqshomni maroqli o‘tkazishni, sevimli serialingizni tomosha qilishni yoki manikyur qilishni rejalashtirdingiz. Bu holatda lak bilan bog‘liq muammo bo‘lishi mumkin, ya’ni u qotib qolgan bo‘lishi, tirnoqqa surtilganda yopishqoq bo‘lishi mumkin. The Voice nashri qotib qolgan lakni uy sharoitida o‘z holatiga keltirishga yordam beradigan narsalar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Tirnoqlarni manikyur qilishda bu kabi muammolar bo‘lishi mumkin, chunki lak boshqa kosmetikadan farq qilmaydi — vaqt o‘tishi bilan uning konsistensiyasi va xususiyatlari o‘zgaradi. Bu holatda mahsulotning muddatiga ham e’tibor berishi lozim.

Issiq suv

Yuqori harorat lakni yumshatadi, uni yanada suyuq qiladi. Bir stakanga issiq suv quying va idishni bir necha daqiqaga botirib oling. Qaynayotgan suvdan foydalanmang — stakan yorilishi mumkin. Lakni qo‘llashdan oldin shishani kaftlaringiz orasiga aylantiring, biroq hech qanday holatda uni silkitmang — bu suyuqlikda havo pufakchalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi, bu qoplamada xunuk izlar qoldiradi.

Mitsellyar suv

Lak qotib qolganda uni yumshatish uchun mitsellyar suvdan ham foydalansa bo‘ladi. Uni shishaga solmasdan oldin, kompozitsiyada yog‘lar yo‘qligiga e’tibor bering — ular lakni buzadi. Bir choy qoshiq mitsellyar suvni lakning idishiga soling: uni shishaga shprits bilan yuboring va cho‘tka bilan aralashtiring. Uni 10-15 daqiqa shunday holatda qoldiring va keyin lakdan foydalanishingiz mumkin.

Rangsiz lak

Uchinchi usul — rangli qotib qolgan lakni va shaffof rangli “yangi” lak bilan aralashtirish. Natijada mukammal bo‘lmaydi, biroq lakni ikki yoki uch marta ishlatib manikyur qilishingiz mumkin.

Atseton

Qotib qolgan lakka atseton qo‘shib, uni o‘z holatiga keltirish mumkin. Aralashmaning sezilarli kamchiliklari bo‘ladi — u tirnoqlarda yetarlicha yaxshi turmaydi.

E’tibor bering: hech qanday holatda atsetonning o‘rniga maishiy erituvchilar ishlatilmasligi kerak. Bu retsept kimyoviy kuyish yoki kimyoviy zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Spirt

Gel-lakni qanday suyultirish kerakligini bilmoqchimisiz? Tibbiyotda ishlatiladigan spirt, aroq yoki boshqa kuchli alkogol mahsulotlari bu borada yordam bera oladi. Biroq yodda tuting, bu holatdan keyin gel kamroq bardoshli bo‘ladi va tez yorilib ketadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi