Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston delegatsiyasining Parijga amaliy tashrifi doirasida Fransiya davlat xizmati milliy institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadbirda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Fransiya tajribasi o‘rganildi, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar istiqbollari muhokama qilindi.

“O‘zbekistonlik hamkasblar bilan sermahsul suhbat o‘tkazganimimizdan mamnunmiz. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardormiz. Biz O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdik.

Kelajakda Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlari yetakchi mutaxassislari va ekspertlarini agentlikka yuborish, shuningdek, O‘zbekiston davlat xizmatchilarining institutimizda malaka oshirish jarayonini tashkil qilishga kelishib oldik”, — dedi institut xalqaro aloqalar bo‘yicha masul xodimi Aleksandr Tran-Chuong.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)