Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi “Jartepa” chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi

Qayd etilishicha, “Jartepa” chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu sabab 2022 yilning 5—12-noyabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:

  • diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
  • respublikada investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
  • xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
  • O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
  • Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
  • o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
  • Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi